O'zbekiston Polshadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Aziz Tukhtamuradov
22 avg 2017
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 28 avgust – 3 sentyabr kuni Polshada bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Syrenka Cup nomli xalqaro turnirda O'zbekiston o'smirlar termasi bilan birgalikda mezbon Polsha, shuningdek, Vengriya, Belgiya, Norvegiya, Portugaliya, Ruminiya va Ukraina U-16 terma jamoalari ishtirok etadi.

Dilshod Nuraliev shogirdlari “A” guruhidan o'rin oldi va ilk turda Belgiya o'smirlariga qarshi bahs olib boradi. Mazkur juftlik g'olibi Polsha – Vengriya g'olibi bilan kuch sinashadi. O'z navatida mag'lub jamoalar o'zaro bellashadi.

“B” guruhda Norvegiya – Portugaliya va Ruminiya – Ukraina juftligi g'oliblari va engilgan jamoalar o'zaro bahslashadi. Dilshod Nuraliev mazkur turnirga 20 nafar futbolchini jalb qildi. Quyida futbolchilar bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Mo'minmirzo Qodirov, Shukron Yo'ldoshev;

Himoyachilar: Miraziz Saidov, Xurshid Ubaydullaev, Doniyor Sobirov, Jasur Abdulbekov, Rustamxon Azimov, Xojimat Erkinov, Shoxjahon Sultonmurodov, Javohir Jo'raev, Xushnudbek Bozorov;

Yarim himoyachilar: Mironshox Sattarov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Alisher Odilov, Diyor Ramazonov, Bekzod Shamsiev;

Hujumchilar: Igor Chikrizov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.

Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com