

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 27 martdan 28 martga o'tar kechasi 01:30 da boshlanadi. Bahs Rabotdagi “Mulay Abdulla” sport kompleksi maydonida o'tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Timur Kapadze shogirdlari bundan oldin Togoni 5:3 hisobida engib, Kot-d'Ivuar bilan golsiz durang (0:0) o'ynagandi. Marokashliklar esa o'z navbatida Togoni 2:0 hisobida mag'lub etib, Kot-d'Ivuarga 2:3 hisobida yutqazishgan.



