O'zbekiston o'smirlar termasining Qatarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2017
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish doirasida Qatar U-16 termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirgandi.

Mazkur uchrashuvlar 19 va 21 avgust kunlari bo'lib o'tishi kerak edi. Tashkilotchi tomon – Qatar futbol associaciyasi rejalari o'zgargani haqida ma'lum qildi. Shu sababli, O'zbekiston o'smirlar termasi Qatarga yo'l olmadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar termasi 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorlanmoqda. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com