O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sirdaryolik tengqurlariga imkoniyatni boy berdi

Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida o'z faoliyatini boshlagan U-14 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga o'zbek futbolining yaqin o'tmishdagi yulduzlaridan biri Server Jeparov boshqarmoqda.

Ayni paytda S.Jeparov jamoa tarkibini shakllantirish, yangi nomzodlarni saralab olish maqsadida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Yaqinda U-14 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi poytaxtimizdagi “Chig'atoy” stadionida shu yoshdagi Sirdaryo viloyati o'smirlar terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda mehmonlarning qo'li baland keldi, 1:2. Sirdaryo viloyati o'smirlar terma jamoasi negizini asosan Mirzaobod tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi yosh futbolchilari tashkil etadi. Jamoaga umidli futbol murabbiylaridan biri Jahongir Norqulov ustozlik qilyapti.  Sport maktabida 60 nafardan ziyod yosh futbolchilar millionlar o'yinining  o'ziga xos sir-asrorlarini o'rganishyapti. U-14 o'smirlarimiz ustozi Server Jeparov sirdaryoliklarning olti nafar a'zosini o'z termasining navbatdagi yig'inlariga jalb etishni ta'kidlab o'tgan.


Manba: championat.asia