O'zbekiston nogiron-amputantlari Fransiyani mag'lub etib chorak finalga chiqishdi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014
O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCH-2014 bahslari 1/8 finalida Fransiya terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 5 dekabr Jahon chempionati bahslari nimchorak finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda ustunlikka erishgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'llanma oldi.

Eslatib o'tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 2-turda Irlandiya ham yirik 6:1 hisobida mag'lub etilgan edi. Guruhning so'nggi turida Braziliya 3:0 hisobida dog'da qoldirilgandi.

Eslatib o'tamiz, Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o'rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o'z unvonini himoya qiladi.

Ma'lumot o'rnida, Jahon chempionatiga Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia