O'zbekiston MTJ. Yaxshiboev va Yo'ldoshev qo'shildi, tarkib to'liq bo'ldi GALEREYA

Aslanov Jasurbek
10 noya 2021
Bugun ham Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Soat 11:00da boshlangan mashg'ulotda Jasur Yaxshiboev va Ibrohim Halil Yo'ldoshev ham ishtirok etdi. Shunday qilib yig'inga chaqirilgan barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga qo'shildi.

Terma jamoamiz 12 noyabr kuni Qozog'iston orqali Gruziyaga uchib ketadi.

Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor").

Himoyachilar - Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor"), Davron Hoshimov ("Navbahor"), Islom Qobilov ("Lokomotiv"), Marlen Chobanov ("Paxtakor"), Doston Tursunov ("Chuncin Lifan", Xitoy), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Ibrohim Halil Yo'ldoshev ("Nijniy Novgorod", Rossiya).

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon", Janubiy Koreya), Otabek Shukurov ("Al Sharja", BAA), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("Shabab Al Ahli", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Islom Kenjaboev ("Qizilqum").

Hujumchi - Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston), Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya), Jasur Yaxshiboev ("Sherif", Moldova).





 

To'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Jahongir Fayzullaev



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar