O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in boshladi + Anvar G'ofurov bilan intervyu

Narzulla Saydullayev
22 mar 2021
Bugun, 22 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshladi.

Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi terma jamoasi kunning ikkinchi yarmida "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

"Sharja" safida to'p tepayotgan futbolchimiz Otabek Shukurov bugun yurtimizga yetib keldi va ertadan mashg'ulotlarga qo'shiladi. Shuningdek, Toshkentning "Lokomotiv" klubi a'zosi Javohir Sidiqov MTJ yig'iniga jalb etildi.

Dastlabki kungi mashg'ulotlardan videolavha va murabbiylar shtabida ish boshlagan Anvar G'ofurov bilan intervyuni tomosha qiling: 


 


 

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")

Himoyachilar: Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Iskandar Shaykulov ("So'g'diyona").

Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Shabab Al Ahli", BAA), Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Sanjar Shoahmedov (AGMK), Sardor Rashidov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona"), Javohir Sidiqov ("Lokomotiv").

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Jenoa", Italiya), Shahzodbek Ubaydullaev ("Shaxtyor Soligorsk", Belarus, Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 26 mart kuni Namanganda Gana B terma jamoasi mehmon bo'lsa, 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi bahs bo'ladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia