O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in boshladi

Aziz Tukhtamuradov
2 okt 2019
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig'inga kirishdi.

Futbolchilarimiz Vadim Abramov boshchiligida "JAR" stadionida mashg'ulotlarni boshlashdi. Yig'inning birinchi kunida terma jamoaga chaqiruv olgan 28 nafar futbolchining 24 nafari ishtirok etdi. Legionerlardan Rustam Ashurmatov va Odil Ahmedov ham umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazdi. Hojiakbar Alijonov yakka tartibda shug'ullandi.

Ikrom Aliboev, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va Timurxo'ja Abduholiqov yaqin kunlarda terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Vadim Abramov yig'inga quyidagi futbolchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Dilshodbek Ahmadaliev (“Bunyodkor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullaev ("Metallurg").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Jasur Yaxshiboev (AGMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov ("Xorfakkan", BAA).

Suratlar muallifi - Tolibjon Qosimov


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia