O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi faoliyatini Superligada davom ettirishga yaqin

Khoja
28 noya 2025
O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Nurillo To'xtasinov faoliyatini yurtimizda davom ettirishga yaqin.

Yil so'nggida Malayziyaning "Terengganu" jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etadigan yarim himoyachiga yurtimizning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, To'xtasinov 2023 yildan beri "Terengganu" safida harakat qilib keladi. U shu vaqt Ichida jamoasi safida 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va yana 16 ta golga assistlik qilgan. Yarim himoyachi "Terengganu"dan tashqari "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Navbahor" va "Neftchi" kabi jamoalarda to'p surgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia