O'zbekiston MTJ. Sidiqov jarohat oldi, o'rniga Amonov chaqirildi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2021
O'zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Javohir Sidiqov jarohat olgani bois terma jamoa lagerini tark etdi. Uning o'rniga Srechko Katanets "temiryo'lchilar"ning boshqa bir a'zosi Azizbek Amonovni chaqirdi. 

Ma'lumot uchun, Amonov bu yilgi mavsum Superliga va O'zbekiston Kubogida jami 19ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia