O'zbekiston MTJ. Janubiy Koreyada o'ynayotgan bir futbolchi chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2021
O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyi boshida Iordaniyada yig'in o'tkazadi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu yig'inga "Kanvon" himoyachisi Rustam Ashurmatov ham chaqiruv olgan. Hamyurtimiz katta ehtimol bilan Koreyadan Iordaniyaga uchib boradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabr kuni Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia