

Oldinroq xabar berilganidek bugungi mashg'ulotlarda Eldorbek Suyunov ishtirok etmadi. Legionerlardan Otabek Shukurov va Timurxo'ja Abduxoliqov ham Toshkentga yetib kelib, terma jamoa ixtiyoriga qo'shilishdi. Ro'yxatdan so'nggi futbolchi Eldor Shomurodov esa ertaga terma jamoa safida mashg'ulot o'tkazadi.
Bugungi mashg'ulotlarga "FIFA TV" vakillari tashrif buyurishgani e'tiborga molik. Bu haqda oldinroq xabar berilgan edi. E'tiborlisi tasvirga olish guruhida mashhur angliyalik sobiq futbolchi Gari Linekerning o'g'li Xarri Lineker ham bor ekan. Championat.asia sayti u bilan qisqa videointervyu tashkil qildi. Ertaga ushbu intervyu o'quvchilar e'tiboriga taqdim etiladi.
Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA
foto: Tolibjon Qosimov















"FIFA TV" tasvirchisi

Xarri Lineker



