O'zbekiston MTJ Daniya U-23 terma jamoasi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2017
21-24 yanvar kunlari O'zbekiston terma jamoasi BAAda xorijiy yig'inni o'tkazadi.

Ushbu yig'in doirasida terma jamoa Daniya U-23 va Gruziya bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. O'FF va Daniya futbol Federatsiyasi bu borada kelishuvga erishishdi.
 
Bahs 22 yanvar kuni Dubay shahridagi "Sevens" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:00da (Toshkentda 18:00) boshlanadi.

23 yanvarda O'zbekiston terma jamoasi Gruziya milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Terma jamoa tarkibi biroz keyinroq e'lon qilinadi. Bu o'yinlar JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Eslatib o'tamiz, 12 fevralda Antaliyadagi yig'in doirasida O'zbekiston terma jamoasi Armaniston bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com