

Yig'in doirasida Malayziya va Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Ahamiyatlisi, mazkur yig'inga “Bunyodkor” futbolchisi ham boradi. Srechko Katanets jamoaning iqtidorli, universal futbolchisi Abdulla Abdullaevni ham taklif etdi. O'ylaymizki, Abdulla murabbiylar shtabini ishonchini oqlab, milliy terma jamoamizning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanadi va g'alabalarga hissa qo'shadi.




