O'zbekiston mezbonligidagi U-20 Osiyo Kubogiga oktyabr oyi oxirida qur'a tashlanadi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022
Bilasiz, 2023 yilning 1-18 mart kunlari yurtimiz yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo Kubogining final bosqichi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Unda Osiyoning 16 ta jamoasi qita birinchiligi va Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. 

OFK va musobaqa tashkiliy qo'mitasining ma'lum qilishicha, mazkur nufuzli turnirga rasmiy qur'a tashlash marosimi mamlakatimizda 26 oktyabr sanasida o'tkaziladi. Musobaqa mezboni O'zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchaga joylashadi.

Ravshan Haydarov: "Urugvay, Argentina va Braziliya... Ular bilan o'ynab, o'sishga erishdikmi?"


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати