O'zbekiston kubogi. "Iftixor" - "Paxtakor" uchrashuvi Toshkentda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
25 may 2018, 20:42
29 may kuni O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi "Iftixor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahs qur'aga ko'ra "Iftixor" maydonida bo'lib o'tishi kerak edi. Ammo bugun mlum bo'lishicha uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tkaziladi. "Iftixor"ning Oltiariqdagi uy stadioni tayyor bo'lmagani tufayli uchrashuv Toshkentga ko'chirildi. Buni "Iftixor" klubining o'zi istagan. Bu haqda SPORT telekanali sharhlovchisi Dilshodbek To'xtabekov "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi sharhi vaqtida aytib o'tdi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia