O'zbekiston kubogi finalini kimlar o'tkazib yuboradi?

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021
O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf" "Paxtakor" bilan bellashadi.

Hal qiluvchi bahs oldidan ikkala jamoa tarkibida jiddiy yo'qotishlar mavjud. "Nasaf" yetakchilaridan biri Marko Stanoevich, "Paxtakor"dan esa Dragan Cheran hamda Sherzod A'zamov yarim final bahslarida to'g'ridan to'g'ri chetlatilgani tufayli finalda o'z jamoalariga yordam berolmaydi. Shuningdek, uchala futbolchi Superliganing 26-tur o'yinlarini ham o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Paxtakor" o'rtasidagi O'zbekiston kubogi finali 4 dekabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia