O'zbekiston kubogi. “Do'stlik” (Oltiariq) va “Andijon-2” jamoalari guruh o'yinlariga yo'llanma olishdi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2022
O'zbekiston Kubogida saralash o'yinlari nihoyasiga etdi.

Hal qiluvchi uchinchi bosqichda ishtirok etgan “Do'stlik” (Oltiariq) va “Andijon-2” jamoalari raqiblari “Qumqo'rg'on-1977” hamda  “Yunired” jamoalarini mag'lubiyatga uchratishib, Kubok o'yinlarining guruh bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

 “Do'stlik” (Oltiariq)  D guruhidan joy olgan bo'lsa, "Andijon-2" esa "F" kvartetidan joy oldi.


O'zbekiston kubogi.
Saralash o'yinlari. Uchinchi bosqich.
27 mart, yakshanba
QUMQO'RG'ON-1977 – DO'STLIK (Oltiariq) – 0:3 (0:2).
Toshkent. “Chig'atoy” stadioni. 156 tomoshabin.
Hakamlar:
Vadim Agishev, Olim Abduvosilov, Rishat Nigmanov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Jamshid Imamov
Gollar: Zarbillo Umarov (42), Mo'ydin Mamazulunov (43), Musobek Muzaffarov (85)
Amalga oshirilmagan penalti: Elnur Tursunov (79, “Do'stlik”)
Ogohlantirishlar: Abdulla Choriev (45), Husniddin Salaydinov (45), Ilyos Nosirjonov (75) - Muhammadhayit Qo'ldoshev (37).

ANDIJON-2 – YUNIRED – 1:0 (1:0)
Toshkent. “Chig'atoy” stadioni. 152 tomoshabin.
Hakamlar:
Shavkat Nasibullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyorjon Xotamqulov
Gollar: Aziz Usmonov (29)
Ogohlantirishlar: Fazliddin Zuxriddinov (21), Aziz Usmonov (41) – Asomiddin Mamatov (38), Shahzod Muxtoroov (78), Firdavs Pardaboev (90)
Chetlatish: Yo'q – Asomiddin Mamatov (43, “Yunired”).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz