

24 iyul kuni Toshkentagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan o'yin uchun chiqarilgan chiptalar ikki xil toifada: SIP sektorlar uchun chchiqarilgan chiptalar 30 000 so'm qilib belgilangan bo'lsa, boshqa sektorlar uchun chiptalar narxi 15 000 so'mdan. Chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalarida 20 iyul, soat 10:00dan boshlab sotuvda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Iroq uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Shuni ham takidlash kerakki, 21 iyul kuni soat 18:00da, “Jar” stadionida O'zbekiston U-23 – Iroq o'yini bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinga kirish bepul.



