O'zbekiston futzal terma jamoasi Islom birdamligi o'yinlarida 3-o'rinni qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025
VI Islom birdamligi o'yinlari musobaqasida bronza medallari uchun bahs bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston mezbon Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynab, penaltilar seriyasiga ko'ra zafar quchdi va musobaqa bronza medallariga ega chiqdi. 

VI Islom birdamligi o'yinlari

3-o'rin uchun bahs

Saudiya Arabistoni – O'zbekiston 1:1 (penaltilar bo'yicha – 5:6)

Gollar: Navaf Mubarak Aroan 32' – Elbek To'lqinov 33'

O'zbekiston (dastlabki beshlik): 1.Shavkat Ibragimov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 9.Elbek To'lqinov, 10.Shahram Faxriddinov.

Zaxira: 12.Abbos Elmurodov, 2.Abror Axmetzyanov, 3.Mashrab Odilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Akbar Usmonov, 8.Xayrullo Solixov, 11.Muzaffar Ahadjonov, 13.Eldor Nigmatov, 14.Muhammadali Husanboev.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia