

"Yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi a'zosi Davron Choriev mashg'ulotlar davomida o'zini noqulay sezdi va eski jarohati bezovta qildi. Tekshiruv natijalari tiklanish jarayoni yana davom etishini ko'rsatdi. Afsuski, futzalchimiz yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Choriev O'zbekiston futzal MTJ yig'iniga jalb qilinib, mashg'ulotlarda ishtirok etayotgandi.



