

Qishki transferlar mavsumida bir qator tajribali futbolchilar chempionatimizni tark etdi. Hozir milliy birinchiligimizning ayni paytdagi eng qimmatbaho o'yinchilari haqida ma'lumot beramiz.
"Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov Superliganing transfer narxi eng yuqori ishtirokchisi hisoblanadi. "Transfermarkt" portali 23 yoshli futbolchini 950 ming evroga baholamoqda. Kuchli uchlikdan "sherlar" vingeri Sardor Rashidov va "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinov o'rin egallagan.
Ma'lumot uchun, eng qimmat o'zbekistonlik futbolchi "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov hisoblanadi (6,5 imln evro).



