O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Eron vakillari bilan bahs olib boradi

Alisher
11 avg 2021
Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.

18-27 avgust kunlari tashkil etiladigan yig'in doirasida ayollar terma jamoamiz Eron vakillariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 23- va 26 avgust kunlari Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi.

Murabbiylar shtabi 10 kun davom etadigan ushbu yig'inga 23 nafar futbolchini jalb etgan.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi sentyabr oyida yurtimiz maydonlarida o'tadigan Osiyo kubogi saralash bahslarida Janubiy Koreya va Mongoliya vakillari bilan kuch sinashadi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari


23 avgust | 17:00

O'zbekiston – Eron


26 avgust | 17:00

O'zbekiston – Eron


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz