Oyiga 3 000 000 so'mgacha bo'lgan pul o'tkazmalari uchun TBC Bank’dan 0% lik komissiya

Aslanov Jasurbek
3 fev 2010
2021 yilning 3 iyunidan boshlab TBC UZ ilovasining har bir foydalanuvchisi oyiga 3 000 000 so'mgacha bo'lgan pullarni mutlaqo bepul o'tkaza oladi.

O'tkazmalar bir oy ichida bu summadan ortganidan so'ng, keyingi komissiya atigi 0,4 % ni tashkil etadi. 


Bunday pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati foydalanuvchilarga akciya amalda bo'lgan muddatning har oyi avvalida taqdim etiladi. Mazkur akciya TBC UZ ilovasiga biriktirilgan har qanday karta orqali amalga oshiriluvchi istalgan turdagi pul o'tkazmalariga taalluqli. Demak, TBC UZ ilovasini yuklab olib, kartangizni kiritib qo'yishingizning o'zi kifoya. 


TBC UZ ilovasiga biriktirilgan UzCard va HUMO kartalaridan telefon, karta raqami va havola orqali pul o'tkazish mumkinligini eslatib o'tamiz: 

- Uzcard dan Uzcard ga

- Uzcard dan Humo ga

- Humo dan Uzcard ga

- Humo dan Humo ga.


Ma'lumot uchun: 

TBC Bank Uzbekistan – Kavkazortining gruzin ildizlariga va salkam 30 yillik tarixga ega bo'lgan eng yirik banki hisoblanadi. Bugungi kunda TBC London fond birjasining kapitalizaciya bo'yicha 250 ta eng yirik kompaniyalari ro'yxatiga kirib, uning akciyalari savdosi premium segmentda yuritiladi. 2020 yilda O'zbekistonda o'z filiallarini ochib, mamlakatdagi ilk raqamli bank maqomini qo'lga kiritgan TBC Bank o'z mijozlariga ilova orqali karta ochish, to'lovlar va pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi va boshqa xizmatlarni ham taklif  etadi. 


Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Sayt: tbcbank.uz

Facebook: @tbcbankuz

Instagram: @tbcbankuzbekistan 

Telegram: @tbc_bank_uzb


TBC UZ ilovasi: Android / IOS


Yordam ko'rsatish xizmati 24/7: +998 (78) 777-27-27


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tbcbank.uz