O'tkir Yusupov "Navbahor"da qoladi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Navbahor" klubi darvozaboni O'tkir Yusupovning Namangan klubi bilan shartnomasi tugagandi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, O'tkir Yusupov shartnomani uzaytiradi va 2024 yilgi mavsumni ham "Navbahor" klubida o'tkazadi. 

Ma'lumot uchun, 2023 yil Yusupov "lochinlar" safida barcha musobaqalarda 38ta o'yin o'tkazdi va 30ta gol o'tkazib yubordi. 17ta uchrashuvda posbon o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia