O'tgan yili "Xo'jand" tarkibida "Nasaf"ga qarshi o'ynagan o'zbek futbolchisi "So'g'diyona"ga qarshi o'yin oldidan qanday fikrda?

Оқил Абдубарноев
16 avg 2022
"Xo'jand" futbolchisi Samandar Ochilov OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bo'lajak o'yin haqida

- Avvalambor barcha O'zbekiston futbol muxlislariga salom yo'llab qolaman. Raqib jamoani o'rganib chiqdik, ular O'zbekiston Superligasida o'z o'rnini topib ulgurgan jamoa sanaladi. Qolaversa, jizzaxliklar tarkibida yetakchi o'yinchilar bisyor. O'ylaymanki, ertangi o'yinda raqibga etarlicha qarshilik ko'rsata olamiz.

- O'tgan yili "Xo'jand" tarkibida OFK kubogi doirasida "Nasaf"ga qarshi bahsda ishtirok etgansiz. "So'g'diyona"ni o'tgan yilgi "Nasaf"ga qaraganda kuchliroq deb hisoblaysizmi?

- Ha, o'tgan yili OFK kubogi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'ynaganman. Lekin ikkala jamoa bir-biriga o'xshamagan o'yin namoyish etadi. Har ikki klub ham kuchli tarkibga ega, faqatgina taktik jihatdan farq qiladi.

- Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, "Xo'jand" tarkibida bugungi kunda 5 nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadi. Ular orasida Dinmuhammad Ochilov bilan qarindoshligingiz bormi?

- Takidlaganingizdek, klub safida 5 nafar o'zbek futbolchisi to'p tepadi. Dinmuhammad Ochilov mening ukam bo'ladi", dedi o'zbekistonlik himoyachi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia