Otabek Shukurov "Mard o'g'lon" ordeni bilan taqdirlandi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2021
Bugungi kunda mamlakatimiz va futbolimiz rivoji yo'lida o'zining beminnat hissasini qo'shayotganlar prezidentimiz tomonidan taqdirlanib kelinmoqda.

Shundaylardan biri Otabek Shukurov davlatimiz rahbari tomonidan "Mard o'g'lon" ordeni bilan mukofotlandi. Mukofotni topshirish Qarshi shahrida bevosita Otabek Shukurov tomonidan ochilgan "Sharja" maktabining tantanali ochilish marosimida bo'lib o'tdi. Unda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev ishtirok etib ordenni shaxsan o'zi Shukurovga topshirdi. Shuningdek futbolchining otasiga eng asl zot otlardan biri qorabayir ham berildi. Quyida fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar