Otabek G'ulomxo'jaev: "Andijon"ni Superligada olib qolsak bu kubok bahslariga qo'shimcha motivaciya bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2020
Xabaringiz bor, kecha joriy yilgi O'zbekiston kubogi bahslariga qur'a tashlandi. Qur'aga ko'ra "Andijon" "Nasaf" bilan keyingi bosqich yo'llanmasi uchun kurash olib boradigan bo'ldi.

Biz bu borada "Andijon" bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Kubok bahslarining qanday o'tishi hammasi avvaldan kelishilgan edi. Bunga ortiqcha to'xtalishning hojati yo'q. Boz ustiga vaqt kam, pandemiya sabab ko'p fursat qo'ldan boy berildi. Mavsumni tugatib olish kerak. Jamoani tiklab olishimiz muhim. Futbolchilarning jismoniy holati qoniqtirmayapti. Qur'a noqulay keldi demagan bo'lardim. "Nasaf" ham yaxshi jamoa. Ro'ziqul Berdievni hurmat qilaman. Lekin, oldindan biror aniq fikr bildira olmayman. Oldimizda turgan vazifa "Andijon"ni Superligada olib qolish. Shunday ekan hozirda "Mashal" bilan o'yinga e'tibor qaratmoqdamiz. Bu bilan bizga kubok kerak emas demayman. Jamoani kuchlilar safida olib qolsak kubok bahslarida bizga qo'shimcha motivaciya bo'ladi",- deydi Otabek G'ulomxo'jaev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia