Otabek Boymurodov: "Hissiyotlar fantastik darajada. Muxlislarga rahmat aytaman"

Administrator
15 mar 2023
U-20 Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Koreya Respublikasi (0:0, penaltilar bo'yicha – 3:1) uchrashuvidan keyin bugun qahramonlik ko'rsatgan darvozabon Otabek Boymurodov o'z fikrlarini bildirdi.

- Otabek, tabriklaymiz. Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Hissiyotlar fantastik darajada. Biz juda xursandmiz. Bu joyga qadar uzoq yo'l bosdik. Hammani tabriklab qolaman. Ayniqsa, muxlislarga rahmat aytaman. Har o'yinda to'lib toshgan stadionda futbol o'ynamoqdamiz. Katta rahmat.

- Uchta penaltini qaytarishga erishdingiz. Raqibni penalti tepishini o'rganib chiqqanmidingiz?

- Yo'q, bu shunchaki improvizaciya. O'tgan safargidek "baklajka"ga yozib ham olinmagandi.

- Penalti tepilishi jarayonida oyog'ingiz chiqib turgandek taassurot qoldirdi...

- Yo'q, shunchaki bitta oyoq oldinda bo'ladi, ikkinchi esa chiziqda.

- Beshta o'yinda bitta gol o'tkazdingiz, ammo bu koncentraciyani yo'qotib qo'yishga sabab bo'lmaydimi?

- Birinchi navbatda, himoyachilarimga rahmat (kuladi). Ko'p narsa shunga bog'liq. Himoyachilar juda ajoyib harakat qilishdi.  

- Kiyinish xonasida yigitlar sizga nimalar deyishdi?

- Hech nima. Biz shunchaki g'alabani baqirib nishonladik.

- Iroq haqida qisqacha fikringiz?

- Juda qiyin va kuchli raqib. 


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia