Oston O'runov "Ufa"ning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Alisher
4 iyul 2020
"Ufa" rasmiy saytida 2020 yilning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchini aniqlash bo'yicha so'rovnoma o'tkazildi.

E'tiborlisi so'rovnomada hamyurtimiz Oston O'runov 31,6% ovoz jamg'argan holda g'alaba qozondi.

O'zbekistonlik futbolchi restartdan keyingi ikki o'yinda ajoyib harakat qilib, bir nechta ko'rsatkichlar bo'yicha ajoyib natijalar qayd etdi.

Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda Belenov va Fominlar egallashdi.


AlisherMuallif
Manba: vk.com/ufafc