Oston O'runov "Ufa" muxlislari talqiniga ko'ra, iyul oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Alisher
30 iyul 2020, 15:08
"Ufa" rasmiy saytida 2020 yil iyul oyi uchun jamoaning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo'yicha so'rovnoma o'tkazildi.

So'rovnomada "Ufa"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runov 30,2% ovoz to'plagan holda, g'olibga aylandi.

"Iyulda bo'lib o'tgan o'yinlarda Oston doimgidek maydonda faol bo'ldi, aldab o'tish va yakkama-yakka kurashlarda g'olib chiqish bo'yicha eng yaxshi bo'ldi", - deyiladi boshqirdistonliklar xabarida.

Ikkinchi o'rinni 14,3% ovoz to'plagan holda Daniil Fomin egalladi. Uchlikni 10,4% ovoz olgan Aleksandr Belenov tugatib berdi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/ufafc