Osiyoda 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2023
G'oliblar Doha shahrida taqdirlanadi.

Klublar va terma jamoa miqyosida yorqin o'yin namoyish etgan uch nafar o'yinchi Osiyoning eng yaxshi erkak futbolchisi bo'lish uchun kurash olib boradi.

Nomzodlarni aniqlashda ularning 2022 yil yanvaridan 2023 yilning mayigacha o'tkazgan o'yinlari inobatga olingan.

Nufuzli sovrin uchun Metyu Leki ("Melburn Siti" va Avstraliya terma jamoasi), Almoez Ali ("Al Duhayl" va Qatar terma jamoasi) hamda Salim Al Dovsari ("Al Hilol" va Saudiya Arabistoni terma jamoasi) kurash olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com