Osiyo Kubogi saralashi. Tojikiston Maldiv orollaridan ustun keldi, "Xorazm" futbolchisi gol urdi

Mirjalol Normatov
9 okt 2025
2027 yilda bo'ladigan Osiyo Kubogi saralashi doirasida Tojikiston termasi o'z maydonida Maldiv orollarini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Qayd etish kerak, bahsda "Xorazm" hujumchisi Shahrom Samiev o'z goli bilan hisobni ochdi. Ushbu g'alabadan keyin qo'shnilarimiz Osiyo Kubogi-2027 saralashining A guruhida yetakchilikni davom ettirmoqda. Tojikistonliklar o'tgan 3 o'yinning ikkitasida g'alaba qayd etdi va bir marta durang o'ynadi.

9 okt 2025, 18:00
Tajikistan — Maldives
2 – 0
Tugadi



Ushbu guruhdagi ikkinchi o'yinda Filippin termasi Sharqiy Timorda yirik muvaffaqiyat qozondi.

9 okt 2025, 14:30
East Timor — Philippines
1 – 4
Tugadi


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia