Osiyo kubogi. Qaysi terma jamoa O'zbekistondan ko'proq jabr ko'rgan?

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2024
Hindiston "oq bo'rilar"dan gol qabul qilib olgan 16-mamlakat bo'lishi mumkin.

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar yashil maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakati turnir tarixida final bosqichi davomida 15 terma jamoa darvozasiga jami 42 ta to'p kiritgan (penaltilar seriyasi bundan mustasno). 

Eng jabrdiyda mamlakat Xitoy hisoblanib, Chin o'lkasi 8 marotaba o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Malayziya esa 5 marotaba darvozasini raqib hujumlaridan saqlab qola olmagan. 

Joriy turnirning 1-turidagi raqib Suriya ham bir marotaba jabr ko'rgan. 2-turdagi raqib Hindiston esa o'zbekistonlik futbolchilar tomonidan zabt etilgan 16-mamlakatga aylanishi mumkin.

Poster muallifiMuxtasar Umarova

Eslatib o'tamiz, Hindiston - O'zbekiston uchrashuvi 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia