

Nomzodlar: Butun Hindiston futbol federatsiyasi (BHFF), Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi (EIRFF), Qatar futbol associaciyasi (QFA), Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) va O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA). Ular talab qilingan qonuniy xulosalar, mezbonlik va homiylik majrubiyatlarini taqdim etishgan.
Endi esa jarayonning keyingi bosqichi uchun navbatdagi talab qilingan hujjatlar 2020 yilning 30 oktyabriga qadar taqdim etilishi kerak.
19-Osiyo Kubogining mezboni, aniqrog'i Osiyo Kubogi-2027ni qabul qiladigan mamlakat nomi kelasi yilda e'lon qilinadi.



