Osiyo Kubogi-2019. BAA - Qatar uchrashuviga barcha chiptalar sotib bo'lindi

Xayrulla Xoliqov
29 yanv 2019, 14:56
Bugun Osiyo Kubogida ikkinchi yarim final bahsi bo'lib o'tadi.

Abu Dabidagi "Muhammad bin Zayed" stadionida BAA va Qatar terma jamoalari ikkinchi finalchini aniqlash uchun o'zaro kurash olib borishadi. OFK rasmiy saytining yozishicha, ushbu uchrashuv uchun chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo'lingan.

Shuni aytish joiz, bu o'yinga qiziqish nihoyatda katta. Hatto bazilar o'yinni siyosiy ahamiyatga ega deb hisoblashyapti. Ma'lumot uchun, bugungi bahs bo'lib o'tadigan stadion o'z bag'riga 42 ming muxlisni sig'dira oladi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com