Osiyo futboli: Saudiya Premer-ligasining qimmatbaho yulduzlari bilan tanishamiz (8-son)

Championat.asia'da "Osiyo futboli" rukni davom etadi.

Kecha Xitoy Superligasining transfer qiymati eng yuqori bo'lgan vakillari haqida ma'lumot bergan edik. Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida to'p tepayotgan qimmatbaho legionerlar ro'yxatini e'tiboringizga havola qilishni lozim topdik. 

T/rismiqayerdan?yoshiklubitransfer bahosi
1Gonsalo MartinesArgentina27"Al Nassr"12 mln evro
2Andre KarriloPeru29"Al Hilol"8 mln evro
3Lusiano VettoArgentina27"Al Hilol"7 mln evro
4Ever BanegaArgentina32"Al Shabab"7 mln evro
5Fabio MartinsPortugaliya27"Al Shabab"7 mln evro
6Omar Al SomaSuriya31"Al Ahli" (Jidda)6,5 mln evro
7Abdurazzoq HamdallahMarokash30"Al Nassr"6,2 mln evro
8Lukas Pedro LimaBraziliya29"Al Ahli" (Jidda)6 mln evro
9Aleksandru MitriceRuminiya25"Al Ahli" (Jidda)5,5 mln evro
10RomarinoBraziliya30"Al Ittihod" (Jidda)5,2 mln evro


Guvohi bo'lganingizdek, Saudiya Arabistoni birinchiligida ham xuddi Xitoy superligasi singari asosiy yulduzlar Lotin Amerikasi vakillari hisoblanishadi. Kelasi safar qaysi musobaqaga to'xtalishimizni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Osiyo futboli: Xitoy Superligasining qimmatbaho yulduzlari bilan tanishamiz (7-son)


Manba: championat.asia