Osiyo futboli. Perluiji Kollina Eronga tashrif buyurdi

Xayrulla Xoliqov
3 apr 2019
FIFA hakamlar qo'mitasi raisi Perluiji Kollina xizmat yuzasidan Tehronga keldi.

Italiyalik mashhur sobiq hakam fursatdan foydalanib "Persepolis" va "Istiqlol" o'rtasidagi poytaxt derbisini kuzatdi. Bu o'yinda maydon egasi sifatida to'p tepgan "Persepolis" 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Kollina o'z tashrifi davomida shunday dedi: "Men bu erga kelganimdan xursandman. Birinchi marta Eronga kelishim va taklif uchun futbol federatsiya rahbari Mehdi Tajga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Menga Tehron derbisi yoqdi. Bu xuddi "Real" va "Barsa" o'rtasidagi El-klasikoga o'xshab ketdi". 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com