Osiyo futboli. Montella Erondan tushgan taklifni rad etdi

Xayrulla Xoliqov
1 mar 2019
Persianfootball.com nashrining xabar berishicha, Vinchenco Montella Eron terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishni qabul qilmagan.

Avvalroq italiyalik murabbiyga uch yillik shartnoma va har mavsum to'lab boriladigan 1,3 million funt taklif qilingandi. Ammo Montella Eronda ishlashni xohlamadi. 

Ma'lumot uchun, Montella murabbiylik faoliyatini 2011 yilda boshlagan. U shu paytgacha "Roma", "Kataniya", "Fiorentina", "Sampdoriya" va "Milan" klublarida ishlagan. 45 yoshli Montella shuningdek, Ispaniyaning "Sevilya" klubini ham boshqarib, Yevropa chempionlar ligasida chorak finalga qadar yetib borgan. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com