Oston O'runov: "Otam "Spartak"da o'ynashimni orzu qilgan"

Alisher
5 avg 2020, 15:18
"Spartak"ning yangi o'yinchisi Oston O'runov Moskva klubi bilan shartnoma imzolaganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Spartak"da seni qanday kutib olishdi.

- Bu yerda ajoyib jamoa bor, meni yaxshi kutib olishdi. Iloji boricha tezroq jamoaga qo'shilishga umid qilib qolaman.


- Bizning klubimiz haqida nimalarni bilasan?

- "Spartak" - eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan klub, xalq jamoasi. Mening otam doim "qizil-oqlar" o'yinchisiga aylanishimni orzu qilgan.


- "Ufa"ga kelganingga ko'p bo'lmadi, Rossiyadagi kam sonli muxlislar seni bilishadi. Qanday o'yinchisan? Qaysi poziciyada o'ynashga odatlangansan?

- To'p bilan ishlashni yaxshi ko'raman, men uchun markazda o'ynash qulay. Ko'ramiz, murabbiy meni qaerga qo'yar ekan.


- Shamil Gazizov seni "Ufa"ga taklif qildi, endi esa "Spartak"ga. U bilan yana bir klubda bo'lishdan mamnunmisan?

- Ha, meni O'zbekistondan "Ufa"ga taklif qilgan holda imkoniyat berdi. Endi uning ishonchini shu yerda oqlamoqchiman.


- Sening kelishing bilan O'zbekistonda "Spartak"ga alohida e'tibor beriladimi?

- Ha! "Qizil-oqlar"ning 35 million nafar yangi muxlisi paydo bo'ldi desa ham bo'ladi", - deydi O'runov.




AlisherMuallif
Manba: spartak.com