O'rtoqlik uchrashuvi. Eron Trinidad va Tobagoni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2014
Braziliyadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Eron terma jamoasi Trinidad va Tobago bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
San-Paulu shahrida bo'lib o'tgan bahsda osiyoliklar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarga himoyachi Ehson Xojsafi va hujumchi Rizo Guchchannajod mualliflik qilishdi.

Eron JCH-2014da Nigeriya, Argentina, Bosniya va Gertsegovina termalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

O'rtoqlik uchrashuvi
Trinidad va Tobago – Eron – 0:2
Gollar
: Xojsafi, 45 (0:1); Guchchannajod, 54 (0:2).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com