O'rtoqlik uchrashuvi. "Bunyodkor" Xitoy klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017
Bugun Dubayda "Bunyodkor" klubi Xitoyning "Xenan Jiane" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

"Jebel Ali" sport majmuasiga qarashli maydonda bo'lib o'tgan bahsda durang qayd etildi. Ikkinchi bo'lim boshida Shahzodbek Nurmatov hisobni ochdi. Bahs oxirida xitoyliklar javob to'pini kiritishdi - 1:1.

"Bunyodkor" bunga qadar ushbu yig'in doirasida "Al Shaab"ni mag'lub etgandi va Gana terma jamoasiga yutqazib qo'ygandi. Sergey Lushchan boshchiligidagi jamoaning navbatdagi o'yinlari ro'yxati:

13 yanvar. “Bunyodkor” – “Al-Faysaliy” (Saudiya Arabistoni)
15 yanvar. “Bunyodkor” – “Aberdin” (Shotlandiya)
20 yanvar. “Bunyodkor” – Iordaniya milliy terma jamoasi


"Xenan Jiane" - "Bunyodkor" 1:1

11 yanvar 2017. "Jebel Ali" stadioni

Gol: Shahzodbek Nurmatov 51

"Bunyodkor": D.Hamroev, R.Ashurmatov, X.G'iyosov, I.Qobilov, SH.Gadoev, J.Ibrohimov, M.Qosimov, N.To'xtasinov, J.Qahramonov, SH.Nurmatov, M.Mirahmadov.
Zaxira: M.Zuhurov, D.Ahmadaliev, A.Komilov, J.Esonqulov, D.Michich, D.Hamdamov, E.Shomurodov, O.Shukurov, V.Chemirtan, N.Kamolov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia