O'rtoqlik o'yini. "Neftchi" Rossiya klubini mag'lubiyatga uchratdi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022
Turkiyaning Antalya shahrida yig'in o'tkazayotgan Farg'onaning "Neftchi" jamoasi "Shinnik"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

O'yindagi dastlabki golni 37-daqiqada tashkil etilgan chiroyli kombinaciyadan so'ng Ulug'bek Hoshimov urdi. Shundan so'ng 51-daqiqada rossiyaliklar hujumchisi Ilya Belous penalti orqali hisobni tenglashtiruvchi golni urgan bo'lsa, 90-daqiqada Sherzod Karimov farg'onaliklar joniga ora kirib, "Neftchi"ga irodali g'alabani taqdim qildi.  

"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Sirojiddin Qo'ziev, Husniddin G'ofurov, Daniel Stoykovich, Mirzoxid G'ofurov, Lutfulla To'raev, Aleksandr Eshich, Oybek Qilichev, Husniddin G'ofurov, Ulug'bek Xoshimov, Sunnatullo Abdullajonov. 

Zaxira: Akbar To'raev, Shuhratillo Rahmonov, Muhsin Ubaydullaev, Shodiyor Xojimatov, Umar Athamzoda, Izzatilla Abdullaev, Sherzod Karimov, Marko Sharich, Darko Stanoevich, Fahriddin Muhammadov.




Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar