O'rtoqlik o'yini. "Borussiya M" – "Chelsi" bahsi jangovar durang bilan yakunlandi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2019
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Chelsi Germaniyada Borussiya Mga qarshi o'rtoqlik uchrashuv o'tkazdi.

Ilk bo'limdan keyin mezbonlar Alassan Plea hamda Yonas Xofmanning gollari evaziga oldinga o'tib olishgandi. Biroq, tanaffusdan keyin Frenk Lempard shogirdlari Temmi Abraxam va Ross Barklining raqib darvozasiga belgilangan penaltilarni aniq amalga oshirishi oqibatida oradagi muvozanatni tiklashdi. 


Borussiya M – Chelsi 2:2 (2:0, 0:2)

Borussiya-Park

Gollar: 1:0 – 13 Plea, 2:0 – 39 Xofmann, 2:1 – 59, penalti Abraxam, 2:2 – 86, penalti Barkli.

Borussiya M – Zommer, Vendt (Bayer, 75), Ginter, Elvedi (Kyuizans, 76), Layner, Shtrobl (Bennetts, 76), Zakariya (Benesh, 66), Noyxaus (Embolo, 76), Xofmann (Raffael, 76), Tyuram (Xerrmann, 46), Plea (Djonson, 76).

Chelsi – Arrisabalaga, Emerson (Alonso, 66), Zuma, Aspilikueta, Kristensen, Maunt, Kovachich (Kenedi, 67), Jorjino, Pulishich (Jiru, 67), Pedro (Kante, 72), Abraxam (Barkli, 66).

Ogohlantirishlar: Emerson (8), Kovachich (24), Layner (28), Elvedi (62), Pedro (68), Jiru (71).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia