O'rtoqlik o'yini. "Borussiya D" A Seriya vakilini yirik hisobda taslim etdi

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2019, 00:37
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Borussiya D Avstriyaning Altax shahrida Udinezega qarshi to'qnash kelib, yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.

Arilar Torgan Azar, Mario Gyotce, Yulian Vaygl hamda Yulian Brandt gollari evaziga ilk bo'limdayoq oldinga o'tib olishdi. Ikkinchi bo'limda esa udineliklar yarimhimoyachi Rolando Mandragoraning aniq zarbasi evaziga raqiblariga bitta gol bilan javob qaytardi. 

Aytish kerakki, Lyusen Favr shogirdlari mavsumoldi uchrachuvlarni ko'tarinki kaytfiyatda o'tkazishmoqda. Avvaliga ular Shvaynbergni yirik hisobda (10:0) taslim etishgan bo'lsa, keyin Sietl Saunders (3:1) hamda Liverpul (3:2) ustidan g'alabaga erishishdi. 


Borussiya D – Udineze – 4:1 (4:0, 0:1)

Gollar: Azar, 6 (1:0). Getce, 19 – penalti (2:0). Vaygl, 28 (3:0). Brandt, 44 (4:0). Mandragora, 76 (4:1).

Borussiya D – Byurki, Emer Toprak (Xummels, 46), Rafael Gerreyru (Pishhek, 46), Xakimi (Shulc, 46), Balerdi (Akandji, 46), Dileyni (Vitsel, 46), Getce (Roys, 46), Azar (Reyna, 12. Daxud, 46), Brandt (Volf, 46), Vaygl (Brun Larsen, 46), Sancho (Pako Alkaser, 46).

Udineze – Musso, De Mayo, Samir, Bekao (Opoku, 66), Stryuger Larsen (Peccella, 54), Fofana, Barak (ter Avest, 34), Yayalo (Mandragora, 66), Balich (Kulibali, 66), Pussetto (Nestorovski, 73), Lazanya (Matos, 73).

Ogohlantirishlar: De Mayo, 82. Roys, 83.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia