Origi Milanda tibbiy ko'rikdan o'tdi

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2022
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Divok Origi Milanda tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi.

"Sport Italia" xabariga ko'ra, 27 yoshli belgiyalik futbolchi tez orada "Milan" bilan shartnoma imzolaydi.

Hujumchi "Liverpul"da 2014 yildan buyon o'ynab keldi va bu yil erkin agentga aylandi. Origi o'tgan mavsumda 17 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportitalia.com