"Oltin to'p"ga davogarlarning yangilangan reytingi e'lon qilindi. Kim favorit?

Sherzod Nurmatov
22 may 2025
"Oddschecker" tahliliy xizmati ma'lumotlariga ko'ra, PSJ vingeri Usmon Dembele "Oltin to'p"ga asosiy davogar hisoblanadi.

Fransiyalik futbolchining so'rovnomada g'alaba qozonish ehtimoli – 40%.

Ikkinchi o'rinda "Barselona" vingeri Lamin Yamal. Yosh ispaniyalikning g'alaba qozonish imkoniyati – 33% ni tashkil etmoqda.

Keyingi o'rinlarda Yamalning jamoadoshi Rafinya va "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh qayd etilgan. Ikkala o'yinchining muvaffaqiyat darajasi 10% ga baholanmoqda.

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Oltin to'p"ga davogarlar beshligini yakunladi. Uning ovoz berishda g'alaba qozonish ehtimoli – 9%.

Dembele 31 may kuni Chempionlar Ligasi finalida Martinesga qarshi maydonga tushadi. Parijliklar mavsumning asosiy o'yiniga to'liq tarkib bilan yo'l oladi.

Avvalroq "Oltin to'p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi e'lon qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Oddschecker