“Oltin to'p”. Ronaldu 2010 yildan beri ilk bor kuchli uchlikka kira olmadi

Eldor Akmurzayev
30 noya 2021
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin to'p-2021”da reytingida 6-o'rin bilan cheklandi.

U 2010 yildan beri ilk bor mazkur sovringa davogarlarning oxirgi uchligiga kira olmadi. 

36 yoshli forvard 5 karra “Oltin to'p” sohibi hisoblanadi (2008, 2013, 2014, 2016, 2017). Portugaliyalik 2011, 2012, 2015, 2018 yillarda ikkinchi bo'lgan bo'lsa, 2019 yil kuchli uchlikdan joy olgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia