⚡️ Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikka qaytdi

Eldor Akmurzayev
21 okt 2022
Belarus chempionati 26-turida “Energetik-BGU” o'z maydonida “Belshina”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Bahsda dublni rasmiylashtirgan Bobir Abdixoliqov joriy mavsum milliy birinchilikdagi gollari sonini 23 taga etkazib olgan holda musobaqada yaqqol to'purarlik qilmoqda. Shuningdek, 25 yoshli forvard Oltin butsa 2022/23 yilgi mavsum uchun ro'yxatda kuchli uchlikka qaytishga erishdi. Undan oldinda esa “Man Siti” forvardi Erling Xoland (30 ochko, 2 koef.) va “Budyo-Glimt” vingeri Amal Pellegrino (34,5 ochko, 1,5 koef.) bormoqda.

O'zbekistonlik hujumchi Belarus Oliy Ligasida bir mavsum davomida gol urish bo'yicha Valeriy Stripykisni ortda qoldirib, 5-o'ringa ko'tarildi.

1. Andrey Xlebosolov - 34 (1996, "Belshina", Belarus)

2. Roman Vasilyuk - 31 (2000, "Slaviya", Belarus). 

3. Sergey Davidov - 25 (2001, "Neman", Rossiya) 

4. Roman Vasilyuk - 24 (2007,  "Gomel", Belarus)

5. Bobir Abdixoliqov - 23 (2022, "Energetik-BGU", O'zbekiston)

“Energetik-BGU” chempionat yakuniga qadar yana beshta uchrashuv o'tkazadi. Minskliklarni oldinda 24 oktyabr kuni safarda autsayder bo'lib turgan “Dnepr Mogilev”ga qarshi bahs kutmoqda. Jamoa hozirda turnir jadvalida Yevropa Ligasi kvalifikaciyasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Shaxtyor Soligorsk” bilan oradagi farq esa atigi bir ochkoni tashkil etmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia