"Olmaliq" - "Lokomotiv" 19:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
12 may 2015
"Lokomotiv" oliy liganing navbatdagi tur uchrashuvini safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi. O'yin 14 may kuni bo'lib o'tadi. Mazkur bahs 19:00da start oladi.
Ayni paytda har ikkala jamoa turnir jadvalida yonma-yon o'rinlarni egallab turishibdi. Ochkolar ham bir xil - 17tadan. Faqat "Olmaliq"da to'plar nisbati birmuncha yaxshi bo'lgani uchun Igor Shkvirin shogirdlari bir o'rin tepada borishmoqda.

Agar "Lokomotiv" bu o'yinda zafar quchadigan bo'lsa, o'z hisobidagi ochkolarni 20taga etkazadi va "Olmaliq"dan o'zib ketadi. Eslab o'tamiz, ushbu jamoalarning o'rinbosarlari ishtirokidagi bahs ertaga Toshkentda o'tkaziladi. Uchrashuv "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz